Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

08:58, 26.09.2024      

Bugun rektor Bahodirjon Shermuhammadov raisligida FarDUning Harbiy ta'lim va Jismoniy madaniyat fakultetlari talaba-yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv kun tartibidan talabalarning ta'lim sifati, tartib-intizomi, tarbiyasi, ma'naviy rivojlanishi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish kabi asosiy masalalar o'rin oldi. Shuningdek, uchrashuvda rektor yigit va qizlar bilan yuzma-yuz gaplashib, orzu-maqsadlari, takliflarini tingladi. Muloqotda rektor fakultetga davlat grandi asosida qabul qilingan xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari, chempion yoshlar bilan jonli suhbat olib borar ekan, ularni hamisha qo‘llab-quvvatlashga, zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

“Bugun davlatimiz rahbari mamlakat yoshlari uchun dunyo eshiklarini ochib, barcha imkoniyatlarni yaratayotgan baxtli davrda bundan oqilona foydalanish va munosib javob qaytarishga intilish zarur" -dedi rektor o'z so'zida.

Yoshlar marrani baland olib, yuksalishda davom etishlari, fakultetda o‘z maktablarini yaratishi, bilimlarini oshirishi, xorijiy tillarni o‘rganishlari zarurligi ta’kidlandi. Muloqot so‘ngida talabalar samimiy suhbat uchun, universitet berayotgan sifatli ta’lim, puxta tarbiya hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari uchun rahbarga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.