Bugun FarDU rektori Tarix fakulteti talabalari bilan uchrashdi. Muloqot choĝida tartib-intizom, tarbiya, muomala va kiyinish madaniyati, talabaning oliygoh oldidagi burchlari, ahillik, milliy birdamlik xususida so'z borar ekan, internetdan to'g'ri foydalanish, axborot hurujlaridan ogoh bo'lish, Vatan, ota-ona, ustozlar oldidagi mas'uliyatni unutmaslik ta'kidlab o'tildi.
"Tashabbuslaringizga, intilishingizga hech qanday to'siq yo'q, majburiy mehnat yo'q. Sizdan faqatgina bilim olish, ilm o'rganish talab etiladi" - dedi rektor yoshlar ahliga.
Viloyatlardan kelib o'qiyotgan tengdoshlar bilan o'zaro do'stona munosabatda bo'lish, fan klublari, to'garaklarga qatnashib ijtimoiy faollik ko'rsatish, eng go'zal qadriyatlarimizdan bo'lgan ustoz-shogirdlik an'anasini davom ettirish kerakligi aytildi. Uchrashuv yakunida talabalar rahbarga o'z dil so'zlarini aytib, bayram tabriklarini taqdim etdilar. Shu kuni yoshlar mamlakat tarixi, milliy tanazzulga olib keluvchi illatlar to'g'risida ko'plab qimmatli ma'lumotlarga ham ega bo'ldilar. Shuningdek, talabalarning ko'plab takliflari oliygoh rahbari tomonidan õrganib chiqish uchun qabul qilindi.