Iqtisodiyot, Tarix fakultetlari talabalarining ota-onalari, fakultetningprofessor-o'qituvchilari hamda tyutorlari ishtirokida ota-onalar forumi bo'lib o'tdi.
Forumda universitet ichki tartib-qoidalari, ta'lim-tarbiya, odob-axloq kodeksi, kiyinish va muomala madaniyati, kredit-modul tizimi, uning asosiy tamoyillari hamda boshqa muhim masalalar kun tartibidan o'rin egalladi.
Shuningdek, ta'lim va tarbiya jarayonini sifatli olib borishda fakultetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirilib, ota-onalar va oliygoh o‘rtasida doimiy hamkorlik olib borishga kelishib olindi.
Forumda oliygohning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi, ta’limning kredit-modul tizimi, kiyinish madaniyati kabi zarur masalalar xususida so'z bordi.
Forum yakunida ota-onalar "Qatag‘on qurbonlari" muzeyi, axborot-resurs markazi, bilan yaqindan tanishdilar.