Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Farg‘ona davlat universitetida "Ustoz va murabbiylar bayrami!"

08:47, 02.10.2024      

Kuni kecha "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami arafasida universitet professor-o'qituvchilari uchun "Afrosiyob" tantanalar saroyida bayram shodiyonasi tashkil qilindi. Tadbirga faxriy ustozlar, hozirgi kunda mehnat faoliyatini olib borayotgan ilg‘or professor-o‘qituvchi va murabbiylar taklif etildi. Dastlab oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov ustoz va murabbiylarni sana munosabati bilan samimiy qutladi.

“Muhtaram ustozlar, qadrli professor-o'qituvchilar, aziz murabbiylar, - deya murojaat qildi rektor universitet jamoasiga. Siz aziz ustozlarimizni kasb bayramingiz - qadringiz yuksalgan kun-ushbu tarixiy sana bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman” - deya o'z tabriklarini izhor etdi. "Muhtaram Prezidentimizning olib borayotgan oqilona siyosatlari natijasida ziyo ahlining kasb bayrami ularning sha'ni, qadriyati tantanasiga aylandi, umumxalq bayram sifatida nishonlanish darajasiga ko'tarildi,- dedi rektor faxr bilan.

ad1ddd11e2-photo2024-09-3011-49-01