Ijtimoiy tarmoqlarda uzatilgan “FarDU dekani ro‘molda kelgan qizlarni o‘quv binosiga kiritmasligi” to‘g‘risidagi xabar ishchi guruh tomonidan o‘rganilganda, dekan Shuhrat Mamajonov Tabiiy fanlar fakulteti talabalariga universitetning amaldagi odob-axloq kodeksi, ichki tartib qoidalari to‘g‘risida tushuntirish olib borgani aniqlandi.
Shuningdek, ro‘molda kelgan qizlarni o‘quv binosiga kelishi bo‘yicha hech qanday ta’qiq mavjud emasligini ma’lum qilamiz.
FarDU Axborot xizmati