Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Farg'ona davlat universitetida Kengash yig'ilishi

08:32, 08.10.2024      

Bugun Farg'ona davlat universiteti Kengashining II sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi. Kengash avvalida ilmiy darajalar va unvonlarga erishgan bir guruh professor-o'qituvchilar munosib taqdirlandilar. Xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga muvofiq, "1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan yosh avlodning sifatli ta’lim olishida o‘zining fidokorona mehnati bilan namuna bo‘layotgan ko'plab uztozlarimiz“Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni, "Faxriy yorliq" hamda "Tashakkurnoma"lar bilan taqdirlandilar.

Quvonarlisi, Muhtaram Prezidentimizning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangan oliygohning Tilshunoslik kafedrasi professori Siddiqjon Muminov Kengash a'zolari ishtirokida samimiymuborakbod etildi.

Shuningdek, Viloyat hokimi Xayrullo Bozarovning tegishli farmoyishi asosida viloyatimizda o'tkazilayotgan yubiley tadbirlari doirasida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, tajribali jurnalist, mohir yozuvchi, universitet jamoasi az'osi- Hamid Burhon muborak 75 yoshi tavallud ayyomi bilan rektor tomonidan mukofotlandi.

Yig'ilishning rasmiy qismi boshlanar ekan, Kengash a'zolari ishtirokida asosiy masalalar tahliliy ko'rib chiqildi. Yig‘ilish kun tartibidan universitet kengashining tarkibiy o‘zgarishi, yo‘riqnoma hujjatlar ijrosi, O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiya asosidagi vazifalar, Xalqaro va milliy reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha kafedralarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, universitetda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni, shuningdek, turli tashkiliy masalalar batafsil muhokama etilib, atroflicha ko'rib chiqildi. Shuningdek, oliygohning boshqaruv faoliyatida amalga oshirilgan bir qator rasmiy tayinlovlar jamoatchilikka ma'lum qilindi.

0566853701-photo2024-10-0711-17-40