Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​MOLIYAVIY SAVODXONLIK KUTUBXONASI TASHKIL ETILDI

08:36, 09.10.2024      

“Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur” loyihasi doirasida ko‘zda tutilgan vazifalardan biri - Farg‘ona davlat universitetida “Moliyaviy savodxonlik kutubxonasi”ni foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida o‘tkazilgan brifingda berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, “Moliyaviy savodxonlik kutubxonasi” universitetning ushbu sohaga yaqin bo‘lgan fakulteti - Iqtisodiyot fakultetida tashkil etildi. Kutubxonani tashkil qilish uchun hududiy birlashma tomonidan 120 nomdagi 230 dan ortiq, o‘quvchiga moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bilimlar berish, bu boradagi huquqiy bilimlarni oshirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy, ilmiy-ommabop va badiiy kitoblar xarid qilindi va fakultet kutubxona fondiga hadya qilindi.