Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​“Qizlarjon” klubi respublika forumi boʻlib oʻtdi

10:00, 14.10.2024      

Jamiyatimizda talabalarga, xususan, qizlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor har jabhada ko‘zga tashlanmoqda. 10-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida “Qizlarjon” klubi Respublika forumi oʻtkazildi. Tadbirda yurtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarining “Qizlarjon” klubi raislari hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etdi. Forum ishtirokchilarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov qutlab, mamlakatimizda qizlarga munosib shart sharoitlar yaratib berish borasidakeng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi. Quvonarlisi, tadbirda FarDUning Filologiya fakulteti talabasi Farxunda Mandonova ishtirok etdi.

Shuningdek, Farxunda Mandonova mustaqilligimizning 33-yilligi munosabati bilan Respublika tojikzabon talabalari oʼrtasida "Sajdagohimsan, Vatan!" shiori ostida o'tkazilgan tanlovda "Eng yaxshi sheʼriy videorolik" nominatsiyasida Fargʼona viloyati nomidan ishtirok etdi va faxrli 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.