Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Xalqaro hamkorlik

12:56, 14.10.2024      

Ayni kunlarda Xitoyning Shanxi provinsiyasi arxeologik tadqiqotlar instituti direktorining taklifiga ko'ra, Fargʻona davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Yusufjon Axmadaliyev rahbarligidagi ishchi guruh Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi.

Tashrif davomida Shanxi provinsiyasi arxeologik tadqiqotlar instituti va FarDU oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shartnomaga koʻra quyidagilar kelishib olindi:

1. Fargʻona vodiysida hamkorlikda arxeologik tadqiqot ishlarini olib borish;

2. Arxeologik tadqiqot usullari, restavratsiya, laboratoriya tadqiqotlari olib borish uchun mutaxasis kadrlar tayyorlash;

3. Tarix fakultetida “Fargʻona-Shansi arxeologik tadqiqot markazi” ochish;

4. Hamkorlik ishlari davomida FarDUda “Buyuk ipak yoʻli Madaniy merosini muhofaza qilish va restavratsiya laboratoriyasi”ni tashkil etish;

5. Shanxi provinsiyasining arxeologik tadqiqotlar institutida har yili FarDU talabalari va ilmiy hodimlari amaliyot oʻtashi.

Tashrifning keying kunlarida universitet rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov tashabbusi bilan 2023-yilda imzolangan shartnomaga muvofiq, Xitoyning Luoyang arxeologik tadqiqotlar instituti laboratoriyasida hamkorlikda izlanishlar olib borish koʻzda tutilgan.