Giyohvandlik umr zavoli ekani barchaga ma’lum va bu illatga qarshi kurashish kunimizdagi ijtimoiy muammo sifatida hech kimni befarq qoldirmaydi. Farg‘ona davlat universiteti fakultetlarida “Dolzarb oylik” doirasida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugun Tabiiy fanlar fakultetida "Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish" dolzarb oyligi doirasida "Giyohvandlik va narkojinoyatni oldini olish" mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Unda vrach-narkolog A.Zuhriddinov, universitet profilaktika inspektori S.Umarovlar tomonidan talabalarga mavzu doirasidagi muhim ma'lumotlar berildi.Shuningdek, yoshlarga "O'zbekistonda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning aylanmasiga chek qo'yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta'sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmon mazmun-mohiyati tushuntirildi. Bu kabi tadbirlar oylik doirasida davom etmoqda.