Bugun jamiyatimizda har bir fuqaro saylov tushunchasidan xabardor.
Ammo uning bilimi, siyosiy savodxonligi qay darajada?
Aynan shu savollarga javob berish maqsadida Farg'ona davlat universitetida professor – o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar uchun maxsus o'quv-seminari tashkil etib kelinmoqda. Jumladan bugun oliygohning ho‘jalik bo‘limi xodimlari hamda ma'muriyat vakillari uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi.
Ushbu seminarda siyosiy partiyalar va ularning faoliyati haqida batafsil tushunchalar berildi. Bunda mamlakatimizda kutilayotgan savlov jarayonlari va siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari to'g'risida ham so'z bordi.Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida xuddi shunday seminar oliygohning Xo'jalik bo'limi xodimlari ishtirokida ham tashkil etildi.