Giyohvandlikka “asr vabosi” deya ta’rif beramiz. Unga qarshi nafaqat illat, balki global ofat sifatida kurashamiz. Chunki bugun ayni shu xatar insoniyat salomatligi, taqdiri va hatto kelajagiga rahna solayotgani sir emas.
Prezidentimizning 2024- yil 6-maydagi "O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-73-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Milliy strategiya"da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyatida giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha “Dolzarb oylik” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Farg‘ona davlat universitetida ham turli amaliy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Kuni kecha oliygohning Iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirokida Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish dolzarb oylik doirasida “Yoshlarning ma'naviy-axloqiy holatiga salbiy ta'sir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari" mavzusida suhbat o‘tkazildi.