Bu yil respublikamizda o‘tilayotgan saylov tizimi boshqa yillardan farq qiladi. Saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkaziladi. Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanadi. Shu munosabat bilan mamlakatimizda yoshlarning saylov savodxonligini oshirish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida "Saylov-demokratiya ko‘zgusi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.