Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

FarDU delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasiga tashrif buyurdi

15:17, 17.10.2024      

Ma'lumki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonning YUNESKO bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘sini yanada oshirish va mustahkamlashda, ikki va ko‘p tomonlama hamkorliklarni kengaytirish va chuqurlashtirishda YuNESKO muhim platforma vazifasini o‘tab kelmoqda. Buning natijasida 2017-2023-yillarda milliy-madaniy merosimizning eng noyob namunalari YUNESKO ro‘yxatlaridan joy olib, insoniyat merosi sifatida xalqaro miqyosda e'tirof etildi. Ayniqsa, 2023-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan YUNESKO Bosh konferentsiyasining 42-sessiyasida YUNESKO Bosh konferentsiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston tashabbusi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangani jahon hamjamiyati tomonidan muhim voqea sifatida e'tirof etildi. Ushbu nufuzli xalqaro anjumanni yuqori darajada o‘tkazishga munosib hozirlik ko‘rish doirasida Farg‘ona davlat universiteti ham o‘zining qat'iy strategiyasini ishlab chiqdi va xorijiy davlatlarda targ‘ibot ishlarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydi. Bunda oliygohning bosh maqsadi - davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma'naviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish va ular bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish vazifalariga qaratildi.

Hozirda Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turgan FarDU delegatsiyasi mamlakatning "ODLAR YURDU" universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu hamkorlik sharafiga kuni kecha "ODLAR YURDU" universitetida xalqaro doirada katta tadbir tashkil etildi.

“O‘zbekiston Respublikasi tarixi va madaniyatiga sayohat” deb nomlangan ushbu tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov, FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi delegatsiya vakillari, oliygohning san'at, madaniyat sohasida ta'lim olayotgan va yuksak natijalarga erishayotgan talaba-yoshlari hamda "ODLAR YURDU" universiteti jamoasi ishtirok etdilar. Tadbir avvalida "ODLAR YURDU" universitetida yurtimizning buyuk va qadim tarixi, dunyo tamadduniga katta hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlari, qomusiy allomalari, boy madaniy me'rosi va san'at darajasi, xalqimizning betakror qadriyatlari, milliy an'analari, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, tashabbuslarni namoyon qiluvchi ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. O‘z navbatida ikkinchi tomon - "ODLAR YURDU" universiteti ham o‘z xalqining milliy an'analari, Ozarbayjon xalq amaliy san'ati, madaniy ko‘rgazmasi namunalari o‘zbekistonlik mehmonlar e'tiboriga taqdim etdi.