Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​"O‘zbek tili" kursi tashkil qilindi

12:58, 21.10.2024      

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son Farmoni ijrosi yuzasidan Farg‘ona Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan Farg‘ona shahridagi KIUF universiteti professor-o‘qituvchilariga "O‘zbek tili" kursi tashkil qilindi. Mazkur o‘quv kursida tinglovchilar tegishli dastur asosida 3 oy davomida o‘zbek madaniyatini hamda o‘zbek tilini boshlang‘ich va o‘rta darajada o‘rgandilar. Joriy yil sentyabr oyida ushbu jarayonda muvaffaqiyatli ishtirok etgan koreyalik professor -o‘qituvchilarga B2, B1 va A2 darajali til bilish sertifikatlari tantanali topshirildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi maslahatchisi, Farg‘ona shahar hokimi maslahatchisi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona hududiy bo‘linmasi rahbari N. Qo‘ldoshev hamda Farg‘ona hududiy bo‘linmasi va Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi E. O‘rinboyevalar ishtirok etdilar.