Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Farg'ona davlat universitetida anjuman: "SAYLOV MENING TAQDIRIMDA"

08:51, 24.10.2024      

Bugun Farg'ona davlat universitetining Ma'naviyat va Ma'rifat markazida "Saylov mening taqdirimda" mavzusidagi ilmiy - amaliy konferensiya tashkil qilindi. Unda yurtimizda kutilayotgan muhimsiyosiy tadbir - saylov jarayoniga hozirlik, bunda ziyo ahlining ro'li, saylov qonunchiligi va texnologiyasi, ovoz berish tartibi, saylov uchastkalari faoliyati, vazifasi kabi muhim masalalar ilmiy, amaliy tahlil qilindi. Anjuman avvalida FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov mamlakatimizda Davlatimiz rahbari islohotlari natijasida takomillashib borayotgan saylov tizimi, uning xalqchil mexanizmi, yoshlarning ushbu jarayonlardagi ishtiroki hamda aholining siyosiy savodxonligi borasida nutq so'zladi.

Siyosiy jarayonni ilmiy jihatdan yoritib, uning xalqimiz hayoti, yoshlarimiz taqdirida tutgan yuksak ahamiyatini batafsil ochib bergan mazkur anjumanda Farg'ona viloyati Adliya boshqarmasining huquqiy axborot bo'limi boshlig'i Mahbubaxon Toshmatova, FarDUning O'zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti Ravshanjon Akbarov, Huquq ta'limi kafedrasi katta o'qituvchisi Dilfuza Mamajonovalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etib, "Saylov qonunchiligidagi yangiliklar", "Saylov kuni fuqarolarning siyosiy huquqlarini amalga oshirish mexanizmlari", "Fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan saylov huquqlari va tamoyillar" mavzularida taqdimot o'tkazdilar. Ushbu anjumandan zarur huquqiy va siyosiy ko'nikmalarni o'zlashtirgan yoshlar o'zaro muloqotda orttirgan bilimlarini tengdoshlari, mahalladoshlariga ulashishlarini,saylov kuni faollik bilan jarayonda ishtirok etishlarini ta'kidladilar.