Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​“Najot – ta'limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda”

11:03, 25.10.2024      

Bugun Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov Tarix fakulteti jamoasi bilan uchrashdi. Ayni paytda oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida o'tkazilayotgan mazkur yig'ilishda fakultet jamoasi, professor-o'qituvchilar, fan doktorlari, ilmiy yo'nalish bo'yicha mas'ul mutasaddilar ishtirok etmoqda. Bunda jamoaning ilmiy salohiyati, jahonning nufuzli "Scopus", "WEB of Science" bazasiga oid ilmiy jurnallarda maqolalar e'lon qilish, iqtiboslik ko‘rsatkichlarini oshirish, dissertatsiyalar, chop etilayotgan monografiyalar, maqolalar ko'lami, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish va boshqa muhim masalalar ishtirokchilar e'tiborida bo'lmoqda. "Mamlakat ilm-fani sizning salohiyatingiz orqali dunyoga chiqadi, buning uchun mehnat kerak, vazifaga sadoqat kerak" - deya qat'iy ta'kidladi rektor o'z so'zida. Muloqotda har bir professor-o'qituvchi oldidagi burch va vazifalar, oliy ta'lim dargohida ishlash mas'uliyati ta'kidlandi hamda zarur yechimlar, rejalar belgilandi.