Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Til bilimdonlari

09:44, 29.10.2024      

Sovrin jamg‘armasi 89 million so‘m bo‘lgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi! Ma'lumki, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qilgan edi. Bugun FarDUning Axborot-resurs markazida mazkur tanlovning ikkinchi hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. Unda univеrsitеtning 20 nafar talabalari ishtirok etdi. Ushbu bosqichda yuqori ball olganlar tanlovning rеspublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistr) talabalari hamda kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etmoqdalar. Eslatib o'tamiz, tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.