Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​FАRDU REKTORIGA BIRIKTIRILGAN MAHALLA YOSHLARI HAMISHA E'TIBORDA

09:48, 29.10.2024      

Bugun FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov Qo'shtepa tumanida bo'lib "Solijonobod" mahallasi yoshlari bilan uchrashdi. Yil davomida mazkur tumandan rektorga biriktirilgan mahalla yoshlari bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini boshlash masalalariga ko‘maklashib kelinmoqda. Bunda solijonobodlik Bahtiyor Akramov murojaatiga ko'ra, unga dehqonchilik faoliyatini samarali tashkil etishi uchun motokultuvator taqdim etildi. Shuningdek, ushbu yoshga o‘qishga tayyorgarlik ko‘rishi bo‘yicha berilgan amaliy yordam natijasida joriy o‘quv yilida FarDUning pedagogika yo‘nalishiga qabul qilinib, talaba bo‘ldi. Yana bir bandligi ta’minlangan yoshlardan biri Asilbek Tilavoldiyevga sartaroshlik jihozlari berilgan edi. Uning taklifi bilan mahallada sartaroshxona faoliyati yo‘lga qo‘yilib, sartaroshxonaga zamonaviy mebel jihozlari olib berildi. Biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda.