Bugun Pedagogika va psixologiya, san'atshunoslik fakultetida ilmiy s
Kun tartibida ta'lim sifati, fakultetning ilmiy salohiyati, milliy va xalqaro reytingning yuqori pog'onalaridan o'rin egallash bo'yicha qilinayotgan ishlar, xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etilishi holati, iqtiboslik, monografiyalar ko'lami va boshqa muhim masalalar muhokama etildi. Dastlab yig'ilish avvalida oliygoh rahbari kuni kecha yurtimizda amalga oshirilgan katta siyosiy tadbir- saylov jarayoniga to'xtalar ekan, unda uyushqoqlik bilan faol ishtirok etgan jamoa ahliga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
"Avvalo, biz bugun universitet kelajagi, yosh avlod, mamlakat, yurt ertasi uchun nima qildik, degan savolga javob berishimiz kerak! Oliy ta'lim tizimiga qaratilayotgan katta e'tiborni, Muhtaram Prezidentimizning yuksak ishonchini oqlash, mamlakatdagi, jahondagi eng oldi oliygohlar qatoridan o'rin egallash, ziyoli inson sifatida yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish, xalqaro reytinglarda yuqori darajaga ko'tarilish bizning asosiy vazifamizdir. Xalqimizda " Qimirlagan qir oshar" degan naql bor, bugun mana shunday harakat qilib, izlangan professor - o'qituvchilarimiz faoliyatlari har tomonlama o'rganiladi" – deya ta’kidladirektor o'z nutqida.
Shuningdek, o'rganish davomida professor - o'qituvchilar ilmiy salohiyatini oshirishda chet tilini bilish darajasi hozirgi kunda ilm innovatsiyasi uchun, ayniqsa, xalqaro maydonga chiqish uchun juda ahamiyatli ekani aytildi. Bunda xorijiy ta'lim muassasalaridan akademik almashinuv dasturlari bo'yicha talabalar jalb qilish,hamkorlikdagi xalqaro konferensiyalarni tashkillash masalasi ham ko'rib chiqildi.