28-oktabrdan 1-noyabrgacha Farg‘ona davlat universitetida o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganish va hamda Hindistonda oʻzbek tilini targʻib qilish maqsadida tashrif buyurgan Javoharlal Neru universitetining “O‘zbek tili” yo‘nalishi talabalari bugun oliygohimiz Axborot-resurs markazida bo‘ldilar.
Mehmonlar kutubxonadagi mavjud nodir va noyob toshbosma kitoblar, O‘zbekiston tarixini aks ettirgan adabiyotlar, mumtoz adabiyotimiz asarlari bilan yaqindan tanishdilar. Bu maskanda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ularda katta taassurot qoldirdi.