Bugun FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida bo'lib o'tgan mazkur yig'ilishda xalqaro va milliy reyting ko'rsatkichlari bo'yicha Fizika-matematika fakulteti kafedralarida amalga oshirilayotgan ilmiy faoliyat tahliliy-tanqidiy o'rganildi.
Rektor o'z ma'ruzasida yurtimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlar, ilm - fanga berilayotgan e'tibor xususida alohida ta'kidlar ekan, xalqaro ilmiy ko'rsatkichlarimiz- Vatan, Prezidentimiz, xalqimiz, talaba-yoshlarimiz bizdan nima kutyapdi degan savolga javob bo'la oladimi deya jamoaga yuzlandi. Rahbar texnika taraqqiyoti, inson ongi, sun'iy intellekt yuksalib borayotgan axborot davrida ilm dargohi qanday lokomativ bo'lishini uqtirdi.Shundan so'ng kafedralar kesimida tanqidiy tahlil o'tkazilib, ilmiy salohiyat, ilmiy daraja va unvon olgan professor - o'qituvchilar faoliyati atroflicha o'rganildi. Dunyoning TOP – 1000 talik universitetlarida ma'ruza qilgan, iqtiboslar bilan ishlagan va "Scopus"," Web of science" bazasida maqolalar e'lon qilgan professor-o'qituvchilar tajribasi o'rtoqlashildi.
“Harakat qilgan, o'rganishdan to'xtamagan inson, albatta, ko'zlagan marrasining cho'qqisiga chiqadi, bu esa ilmga bog'liq. Har qanday sharoit yaratib berilayotgan bugungi davrda yangi ilmiy g'oya, ixtiro va fikr, kreativlik bilan dunyoga chiqish kerak. Hozir ilm qilmaydigan, sohaning kelajagi uchun jon kuydurmaydigan, oliygohda "kun o'tsin" ga yuradigan davr emas. Oliygoh reytingi yuqorilashida butun jamoa bir bo'lib harakat qilsakgina, ertaga avlodlar oldida yuzimiz yorug' bo'ladi", - deya fikr bildirdi rektor Bahodirjon Shermuhammadov.