Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​“Zakovat” turniri g‘oliblari aniqlandi

09:12, 30.10.2024      

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida g‘oliblar aniqlandi!

Keskin kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

1-o‘rin - Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi jamoasi

2-o‘rin - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi

3-o‘rin - DXX Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi

Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga “Zakovat” klubi tomonidan qimmatbaho noutbuklar va medallar sovg‘a qilindi!

Еndilikda ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Yuklanyapti...