Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​QO'MONDON VA YOSHLAR UCHRASHUVI

16:38, 31.10.2024      

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni bugun FarDU talaba-yoshlari bilan uchrashdi! FarDUning Ma’naviyat va ma’rifat markazida okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ishtirok etayotgan FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov talabalarga Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyati va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida alohida to'xtalib o'tdi. Yurtimizda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, qolaversa, univetsitet yoshlari bilan bo'lib o'tayotgan uchrashuvlar, Sharqiy harbiy okrug bilan hamkorlikda olib borilayotgan amaliyot mashg'ulotlari haqida tushunchalar berdi.

Sharqiy Harbir okrug bosh qo'mondoni, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Saidov Oybek Ozodovich bilan bo'lib o'tgan mazkur uchrashuvda yoshlarni ushbu sohaga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, ularni Vatanga sadoqat bilan tarbiyalash nafaqat harbiy xizmatchi, balki har qanday soha vakillarining chin insoniy burchi ekanligi ta'kidlandi. umladan, qo'mondon va yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan muloqotda talabalar katta qiziqish bilan bergan savollariga hayotiy misollar asosida javoblar oldilar. Savol-javobda faollik ko'rsatgan talaba-yoshlar general-mayor tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Uchrashuvning tantanali qismida Farg'ona davlat univеrsitеti rеktori Bahodirjon Shеrmuhammadov va Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrug qo'mondoni gеnеral-mayor Saidov Aybеk Azadovich o'rtasida hamkorlik mеmorandumi imzolandi. Endilikda memorandum asosida tomonlar o'rtasida ta'lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, talabalar, doktorantlar, profеssor-o'qituvchilar va harbiy xizmatchilar almashinuvini rivojlantirish harakatlari jadal olib boriladi.