Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​Kuni kecha Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov oliygohning Sirtqi ta’lim bo‘limi jamoasi bilan uchrashdi

11:31, 04.11.2024      

Uchrashuvda fakultetning xalqaro va milliy reytinglardagi ilmiy samaradorlik darajasi rektor diqqat markazida bo'ldi. Unda professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar, kafedralar a'zolari ishtirok etdilar. Jamoa bilan ochiq muloqotda olib borilgan yig‘ilish kun tartibidan jamoaning ilmiy salohiyati,ilmiy daraja va unvonlar olish, dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlar bilan hamkorlik, iqtiboslik darajasi,xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etilishi, monografiyalar, o'quv qo'llanmalari ko'lami, xorijiy o'qituvchilar va talabalarning jalb etilishi, akademik almashinuv masalalari o'rin oldi.

"Dunyo qalqib turgan davrda yurtimizda Muhtaram Prezidentimiz ilm uchun, ma'rifat uchun, ta'lim uchun barcha sharoitni yaratib bergani pirovardida har birimiz o'zimizdagi burch va ma'suliyat ijrosini xalqaro maydonda ko'rsatishimiz kerak",deya ta'kidladi rektor Bahodirjon Shermuhammadov.