2024-yilgi mavsum futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Birinchi liga musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Farg‘ona davlat universitetining "FarDU" klubi yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Pro-ligasi uchun o‘tish o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Ushbu quvonchli voqelik munosabati bilan o'yin oldidan FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov bugun Sergey Lebedev bosh murabbiyligidagijamoa bilan ushrashib, motivatsion tarzda muloqot o'tkazdi. O'yindan o'yinga o'z g'alabalarini rivojlantirib kelayotgan jamoaga rektor yuksak muvaffaqiyat tiladi. Ma'lumot uchun, Toshkent shahrida markazlashgan holda tashkil etiladigan Pro-ligaga o‘tish o‘yinlari joriy yilning 4-noyabr sanasidan start oladi.