Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​KENGASH YIG‘ILISHI

15:01, 04.11.2024      

Bugun Farg'ona davlat universiteti Kengashining III sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi. Kengash avvalida ilmiy darajalar va unvonlarga erishgan bir guruh professor-o'qituvchilar munosib taqdirlandilar. Taqdirlangan jamoa a'zolari safida:

1 - Mamlakat ilm-fani taraqqiyoti, oliygoh rivoji, xalqaro reytinglarda yuksalishiga qo'shayotgan ulkan hissasi uchun rektor Bahodirjon Shermuhammadov Ozarbayjonning "ODLAR YURDU" universiteti "faxriy professori" unvoni bilan taqdirlandi.

2 - Ko'p yillik kamtarona mehnati va o'z xizmat vazifasiga bo'lgan sadoqati uchun FarDU professori Xonkeldiyev Sher Xakimovichga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining "Faxriy yorlig"i topshirildi.

3 - O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi jamoasi ham muborakbod etildi.

Kengash rasmiy qismda o'z ishini boshlar ekan, bunda kun tartibida: yo'riqnoma hujjatlar ijrosi, o'quv jarayonlarining tashkil etilishi va o'quv-mе'yoriy hujjatlarning yuritilishi, ta'lim sifatini oshirish bo'yicha ustuvor vazifalar, kafеdralarni ilmiy salohiyatli kadrlar bilan ta'minlash, univеrsitеtning xalqaro rеytinglardagi o'rni va uning xalqaro hamkorlik gеografiyasini kеngaytirish bo'yicha kafеdralarda amalga oshirilgan ishlar, talabalar turar joylari va ijara xonadonlarda yashovchi talabalar bilan ishlash bo'yicha olib borilayotgan faoliyat, shunindgek, turli tashkiliy masalalar muhokama etildi.

Yig'ilish davomida boshqaruv tizimida amalga oshirilgan bir qator tayinlovlar jamoatchilikka tanishtirildi.