FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant bilan rasmiy muloqot olib bordi. Uchrashuvda rektor mehmonlarga O'zbekiston-Hindiston o'rtasidagi istiqbolli hamkorlik, ikki xalqning tarixiy aloqalari, oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan ta'lim almashinuvlari, FarDUda hind tili, madaniyati, san'ati va ilmiy merosiga bo'lgan e'tibor xususida batafsil ma'lumotlar berdi. Muloqotda Smita Pant xonim universitet va Hindiston oliygohlari o'rtasida qishloq xo‘jaligi, ta‘lim, turizm, farmasevtika kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo'lga qo'yish har ikki tomon uchun manfaatli bo'lishini ta'kidladi. Suhbatda oliygoh rahbari o'zaro aloqalarni tarixiy, arxeologik, tilshunoslik yo'nalishda olib borish taklifini bildirdi.
“Bu Farg'onaga ilk tashrifim va men FarDUda olib borilayotgan ishlardan juda ta'sirlandim. Hindiston oliygohlarining har biri ushbu universitet bilan xalqaro aloqalarini bog'lashini istardim”- dedi elchi janoblari.