Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2025 yil natijalarini eʼlon qildi

10:02, 07.11.2024      

Quvonarlisi, Fargʼona davlat universiteti ushbu katta nufuzga ega dunyo reytingida 801-850-oʼrindan joy egalladi.

QS (Quacquarelli Symonds) Osiyo universitetlari reytingi Osiyodagi universitetlarning sifatini baholashda muhim ahamiyatga ega boʼlib, tadqiqotlar sifati, oʼqitish darajasi, xalqaro hamkorlik, ilmiy nashrlar va universitetning ijtimoiy obroʼsi kabi mezonlarni oʼz ichiga oladi.

Аytish kerakki, QS - Osiyo universitetlari reytingi metodologiyasi universitetlarning oʼquv va tadqiqot sifati, xalqaro hamkorlik darajasi, ilmiy nashrlar soni va iqtibos olish koʼrsatkichlarini baholashga asoslanadi.

Fargʼona davlat universiteti oʼz faoliyatida ushbu yuqori koʼrsatkichga erishishi esa mamlakatimizda oliy taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar samarasini yaqqol ifoda etgan. Universitetning ilmiy hamda oʼquv sifatini yaxshilash borasidagi harakatlari FarDU oʼz xalqaro strategik yoʼliga ega ekanini koʼrsatib turibdi.