Kuni kecha FarDUda Xalqaro taʼlim bo‘yicha Аmerika Kengashlarining (ACIE) O‘zbekistondagi filiali tomonidan АQSh elchixonasi bilan hamkorlikda yurtimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan bir qator taʼlim dasturlari hamda loyihalarini o'rganish bo'yicha talaba-yoshlarga foydali bo'lgan trening tashkil etildi. Bunda “Young Professional Internships Program” dasturiga oid taqdimot o‘tkazilib, dasturning mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirish olib borildi. Ma'lumot uchun, mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining 105 nafar 3 va 4-chi bosqich talabalariga 2024-yil 2-iyun – 22-avgust (3 oy) davomida yurtimizdagi kichik va o‘rta korxonalarda kasbiy amaliyot o‘tash imkoniyatini yaratadi. Treningda Ingliz tili va adabiyoti, Chet tillari, Iqtisodiyot fakultetlari talabalari ishtirok etdilar.