 Oliy majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqilgan edi. 2020 yil 23 noyabrdagi O‘RQ-648-son Qonuni bilan rasman “11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” deb belgilangan edi. Kecha Farg'ona davlat universitetida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosib nishonlandi. Uyushmaning faol professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlari Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirokida muborakbod etildi. Shuningdek, kuni kecha bo'lib o'tgan tibbiyot xodimlarining kasb bayramlari munosabati bilan oliygoh tizimidagi sog'liqni saqlash vakillariga bayram sovg'alari taqdim etildi.