Bugun universitetmizda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan tanlovlar g‘oliblarini tantanali tarzda taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Jumladan, tadbirda
"Islohotlar bilimdoni",
"Prezident asarlari bilimdoni",
"O‘zbek tili - qalbim tarjimoni",
"Yangi O‘zbekistonning ibratli qizlari"
ko‘rik-tanlovlari hamda
"Ustoz - ta’lim va tarbiya me’mori",
"Mening ovozim - Obod vatanim"
mavzularidagi insholar tanlovlari g‘oliblari bo‘lgan 9 nafar professor-o‘qituvchilar va 31 nafar talabalar taqdirlandi.