Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Xalqaro hamkorlik

08:52, 14.11.2024      

Joriy yilning 13-14-noyabr kunlari FarDUning Iqtisodiyot fakultetiga Qirg‘izistonning O‘sh davlat universiteti “Biznes va menejment” fakulteti professor-o‘qituvchilari - i.f.d., dotsent Ubaydullayev Mirlanbek Baydusenovich, katta o‘qituvchisi, i.f.n. Abdilayip Uulu Omurbek, katta o‘qituvchisi, i.f.n. Kenjeyeva Maksuda Abdulayipovna hamda 20 nafar talabalar tashrif buyurdilar.

Ayni vaqtda ular akademik almashuv dasturi doirasida fakultetdagi ma’ruza va amaliy dars mashg’ulotlarida ishtirok etmoqdalar.

O'z navbatida O‘sh davlat universiteti “Biznes va menejment” fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Iqtisodiyot fakulteti talabalariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borilib, yangi pedagogik texnologiyalar, dars jarayonidagi ilg'or metodlar, munozara-suhbatlari qo'llanmoqda.