Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​MA'NAVIY TADBIR

08:56, 15.11.2024      


Bugun Ingliz tili va adabiyoti fakultetida Millatlaro totuvlik va diniy bag'rikenglikni mustahkamlash hamda "16-noyabr - Xalqaro bag'rikenglik kuni" munosabati bilan "Bag'rikenglik haftaligi" doirasida "Diniy ma'rifat va millatlararo bag'rikenglik - jamiyat barqarorligi sharti" mavzusida ma'naviy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi rahbari o'rinbosari Shavkat To'ychiyev ishtirok etib,yurtimizda qadimdan turli e'tiqodga mansub millat va elatlar istiqomat qilib kelishini, 130 dan ziyod millat farzandlarining hur va ozod diyorda, tinchlik va osoyishtalik kayfiyatida yashashlari vatanimizning bag'rikenglik o'lkasi ekanining yorqin namunasiligini aytib o'tdi.

55 nafar talaba ishtirok etgan ushbu tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.