Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​REKTOR VA TALABA-YOSHLAR UCHRASHUVI

09:33, 25.11.2024      


Bugun FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov Ingliz tili va adabiyoti, Chet tillari, Jismoniy madaniyat fakultetlari hamda Magistratura bo'limining faol va iqtidorli yoshlari, shuningdek, guruh sardorlari bilan uchrashib, samimiy suhbat olib bordi. "Guruh sardorligi -ayni bir maqsadlar yo'lida joriy etilgan. Boshqaruvda dastlabki bo'ginning boshchisi Sizbo'lasiz. Guruh sardorlari, Sizlar oddiy talaba emassiz, ortingizda turgan guruhdoshlaringizga, ularning dunyoqarashi, ta'lim dargohiga bo'lgan munosabatiga ham mas'ul inson hisoblanasiz- dedi rahbar akademik guruhlar sardorlari bilan muloqotda.Uchrashuvda oliygoh erishayotgan yutuqlar, amaliy natijalar aynan faol, uyg'oq yoshlarning harakati samarasi ekani, barcha talabalarni birdamlikka chorlashda guruh liderlarining o'rni yuksakligi e'tirof etildi. Ilm olishda tarbiyaning o'rni, yoshlar muammolari bilan ishlashda ma'rifatning kuchi hayotiy misollar bilan tushuntirildi.Bugungi kunda dunyo ahlining asosiy muammosi tinchlik, hotirjamlik bo'lib turgan bir vaqtda, bizning yurtda ilmga, kelajak avlodning sifatli bilim olishini ta'minlashga qaratilayotgan islohotlar davom etayotgani har bir talabaning baxti ekanligi ta'kidlandi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar masalasi- davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani yoshlarga ulkan qanot bo'lishi bilan birga, buning o'ziga yarasha mas'uliyati, munosib javobi borligi uqtirildi.Muloqotda yoshlarni turli yot g'oyalardan ogoh etish, yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan mafkuraviy tahdidlarga aldanmaslik, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati o'rgatib borildi.