Farg‘ona davlat universitetida ilmiy salohiyatning kundan-kunga o‘sib borishi bugungi ta’limga oid olib borilayotgan islohotlar natijasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Kuni kecha Tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi tayanch doktoranti Sultonov Davronjon Sharibjonovichning 03.00.06 - Zoologiya ixtisosligidan “Farg‘ona vodiysi po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izlarining (Coleoptera, Scolytinae) faunasi va ekologiyasi” mavzusidagi, Mazkur yo‘nalish bo‘yicha mustaqil izlanuvchisi Kapizova Dilafruz Raxmonjonovnaning “Sharqiy Fargʻona hududi mevali daraxt va butalari koksidlarining entomofaglari (faunasi, biologiyasi va morfoekologik xususiyatlari)” mavzusidagi 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligidan biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyalari Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2021.B.05.06 raqamli Ilmiy kengashda 100% ovoz bilan himoya qilindi.
Shuningdek, Sirtqi bo'limning ikki nafar mustaqil tadqiqotchisi, o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Mo'ydinov Asilbek Adham o'g'lining 09.00.04-Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo'yicha falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun "Jamiyat taraqqiyotida ma'rifatli inson sensualistik qarashlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati" mavzusidagi, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Kadirov Shoxruxbek Musajon o‘g‘lining 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun “Talabalarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi” (“Tarix falsafasi va metodologiyasi” fani misolida) mavzularidagi dissertatsiyasilarini 100% natija bilan himoya qildilar.