Bugun Farg’ona davlat universitetining xalqaro faoliyati doirasida yana bir muhim yangilik amalga oshirildi. Xitoyning Jengjou universiteti Tarixiy arxeologiya fakulteti dekani va professorlaridan iborat delegatsiya a'zolari FarDUga tashrif buyurdilar. Samimiy va do'stona kechgan muloqotlarda Farg'ona davlat universitetining dunyo nufuzli reytinglarida ortib borayotgan ilmiy salohiyati, Farg’ona vodiysining boy va mumtoz shaharsozlik tarixi e'tibor markazida bo'lib, bu muhim jihatlar Jengjou universiteti va Unesco arxeologik yodgorliklar dasturi vakillarining hamkorlik borasidagi qiziqishlarini yanada oshirdi. Tomonlarning ilmiy yuksalishi uchun manfaatli bo'lgan ushbu muloqotlar faol davom etmoqda.