Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot uchun asos” shiori ostida “Targʻibot poyezdi” loyihasiga start berildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirokidagi "Targ‘ibot poyezdi" va adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan loyiha doirasida 2-dekabr kuni Farg'ona davlat universiteti talabalari bilan Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan uchrashuv o'tkazildi. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targʻib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan loyiha doirasida keng jamoatchilikka yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish, Vatanimiz kelajagi va ravnaqi yо‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, yoshlarni intellektual va maʼnaviy yetuk etib tarbiyalash hamda barqaror siyosiy taraqqiyotning drayveriga aylantirish borasida qator chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi.Uchrashuv davomida talabalar bilan turli xil savol-javob va viktorinalar o'tkazildi hamda o'z bilimlari bilan faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg'alari topshirildi.