Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Konstitutsiya – bosh qomusimiz

10:44, 03.12.2024      


Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetida bosh qomusga bag‘ishlangan Konstitutsiya tadbirlari xaftaligi tashkil etildi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning umuminsoniy, milliy va oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash, vatanparvar qizlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish maqsadida Konstitutsiyamizning 32 yillik bayrami arafasida Farg‘ona davlat universitetida Xotin-qizlar maslahat Kengashi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida "To‘maris izdoshlari" ta‘nlovi o‘tkazildi.Tanlovda 1-2-o‘rinni egallagan jamolar taqdirlandi.

Konstitutsiya tadbirlari xaftaligi doirasida Farg‘ona harbiy prokurorining yordamchisi, Adliya podpolkovnigi Sh.K.Toshmatov hamda Harbiy ta'lim fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirokida “Konstitutsiya – bosh qomusimiz” mavzusida “Prokuror soati” o‘tkazildi.

Bundan tashqari Farg‘ona davlat universiteti Axborot-resurs markazida Xotin-qizlar kengashi tomonidan “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik – oilaga qilingan yovuzliklar” mavzusida xo‘jalik bo‘limi ayol xodimalari bilan davra suhbati tashkillandi. Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor podpolkovnik M.Kamolova, psixolog F. Abdullayevalar Konstitutsiyamizda xotin-qizlar huquq va manfaatlari borasida mustahkamlab qo‘yilgan yangi normalar, yurtimizda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar, ularning huquqiy erkinliklari va oilaning jamiyatda tutgan o‘rni xususida fikr yuritdilar.

Tabiiy fanlar fakulteti rahbariyati hamda faol talabalari Farg'ona viloyati ma'muriy sudiga tashrif buyurdilar va "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Farg'ona viloyati ma'muriy sudi raisi D.Maxamatov, sudyalar B.Yuldashev, U.Ahmedovlar tomonidan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati hayotiy misollar yordamida tushuntirildi.

Universitet talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni” olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi. Olimpiadaning yakuniy bosqichida 202 nafar talabalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha tuzilgan test savollariga javob berdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra,

1-o‘rinni Tarix fakulteti yurisprudensiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Mamadaliyev Dilmurod Baxtiyorjon o‘g‘li;

2-o‘rinni Tarix fakulteti yurisprudensiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Obidov Ziyodillo Zoxidjon o‘g‘li;

3-o‘rinni Tarix fakulteti, yurisprudensiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ergashev Beksulton Shahriyor o‘g‘li egalladi.

Konstitutsiya tadbirlari xaftaligi oliygohda davom etmoqda.