Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Oʼquv-amaliy seminar

12:19, 03.12.2024      


Fargʼonada shahar va tuman hokimlarining oʼrinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun oʼquv-amaliy seminari oʼtkazilmoqda. Joriy yil 2-5 dekabr kunlari oʼtkazilishi belgilangan oʼquv-amaliy seminarining maqsadi hududda mahalliy davlat boshqaruvi va aholi bilan ishlashni samarali tashkil etish uchun talab etiladigan bilim va koʼnikmalarni rivojlantirishdan iborat.

Oʼquv-amaliy seminarining ochilishida soʼzga chiqqanlar tomonidan ushbu oʼquv-amaliy seminari ishtirokchilari uchun nechogʼliq muhimligi va ular ushbu imkoniyatlardan toʼgʼri va unumli foydalanib, bilim, koʼnikma va malakalarini yanada mustahkamlashlari taʼkidlab oʼtildi. Oliy oʼquv yurtlari rektorlari, professor-oʼqituvchilari va tajribali mutaxassislar jalb etilgan ushbu oʼquv seminarida yoʼnalishlar boʼyicha boʼlayotgan yangiliklar, oʼzgarishlar, aholi muammolarini hal etishda eʼtibor qaratilishi zarur boʼlgan ishlar yuzasidan tushunchalar beriladi.