Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi

09:17, 05.12.2024      


Bizning asosiy qonunimiz – mustaqil O‘zbekistonimizning tinchligi, huquq va erkinliklarimiz kafolati bo‘lgan Konstitutsiyamizdir.

Konstitutsiya nafaqat qonun ustuvorligi va fuqarolik burchimizni yodga soladi, balki har birimizga yurtimizning kelajagi uchun mas'uliyatni yanada chuqurroq his qilishga undaydi. Chet tillari fakulteti talabalari ishtirokida bosh qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda fuqarolik ishlari bo'yicha Farg‘ona tumanlararo sudi sudyasi D.Sultonov, ma'muriy ishlar bo’yicha Farg‘ona tumanlararo sudi sudya yordamchisi D.Maxsudova, Farg'ona shahar prokurori katta yordamchisi Sh.Aliqo'ziyev, yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsuli E.Abduvoyitov hamda Tarix fakulteti Huquq ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) M.Usmonovalar ishtirok etdilar. Shuningdek, talabalarga Konstitutsiyamizning jamiyat hayotida qanchalik muhimligi, uning davlatimizning ajralmas qismi ekanligi aytib o'tildi. Talabalar ko'plab foydali ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Filologiya fakulteti 1-bosqich talabalariga "Konstitutsiya - farovon hayotimiz poydevori" mavzusida ma'rifat darsi bo'lib o'tdi. Mashg'ulot davomida hafta davomidagi yangiliklar vamavzuga oid savol-javoblar o'tkazildi. Filologiya fakulteti talabalari hamda Farg'ona viloyati Ekopartiya viloyat Kengashi raisi o'rinbosari huquqshunos Sh.Sh.Karichaev ishtirokida"Konstitutsiya - farovon hayotimiz poydevori" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbat davomida talabalar bilan baxtimiz qomusi bo'lgan Konstitutsiyamiz yangi O'zbekistonning baxtli va kelajagi buyuk avlodlari uchun munosib xizmat qilishi haqida fikr almashildi.