Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Baxt va shodlik kuychisining mangu timsoli

11:09, 10.12.2024      

“Baxt va shodlik kuychisi" ning mangu timsoli Quvasoy shahrida qad ko'tardi. Umrboqiy va vatanparvar sheʼrlari bilan qalblarga muhabbat ulashgan Hamid Olimjon bir asrdan ortiq vaqt o'tibdiki, hamon xalqimiz yuragida. Farg'ona eli uchun ham suyukli bo'lgan shoir xotirasi endi quvasoyliklar yodida har kuni qayta gavdalanadi. Boisi, Quvasoy shahrining Qo'chqorchi mahallasi markazida bugun shoir Hamid Olimjon siymosi aks etgan ulug'vor haykal qad ko'tardi. Quvonarlisi, Viloyat hokimi tashabbusi bilan ushbu maskanda mazkur yodgorlik bilan bir qatorda, zamonaviy uslubda barpo etilgan Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Hamid Olimjon xotirasi muzeyi ochilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu bunyodkorlik ishlari munosabati bilan tashkil etillgan tantanali ochilish marosimida viloyat hokimligi, viloyat boshqarma va tashkilotlar, nuroniylar, mahalla faollari, yozuvchi va shoirlar, shuningdek, FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi oliygoh jamoasi vakillari ham ishtirok etdilar. Tadbir avvalida Davlat Madhiyasi yangrab, Konstitutsiyamizning 32 yilligi tabriklari bildirildi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yoshlar ta'limiga, ilmga berilayotgan e'tibor, ma'naviy vailmiy merosni asrash borasida qilinayotgan ishlar tadbirda alohida ta'kidlandi. Marosimda so'z olganlar shoir Hamid Olimjonning adabiy merosi, o'zbek she'riyatiga qo'shgan munosib ma'naviy hissasini e'tirof etdilar. Shu kuni zabardast shoir siymosiga hurmat ramzi sifatida uning haykali poyiga gulchambarlar qo'yildi. Ijod ahli va nuroniylar ishtirokida hiyobonga ezgu tilaklar bilan yangi nihollar ekildi. Tadbirdan so'ng yangi moddiy-texnik vositalar bilan ta'minlangan, yoshlar uchun kutubxona va ko'plab qulayliklarga ega bo'lgan, yangidan ta'mirlanib foydalanishga topshirilgan Ma'naviyat va Ma'rifat markazi binosi, Hamid Olimjon muzeyi tadbir ishtirokchilari bilan gavjum bo'ldi.