10-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan barcha fakultetlari jamoasi hamda talabalari erta tongdan Davlat Madhiyasini kuyladilar. Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan 3-sonli talabalar turar joyida sportning stol tennisi turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Shuningdek, universitet fahriylar kengashi a'zolari ishtirokida talabalar turar joylarida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - inson, uning hayoti, erkinligi, shani va qadr qimmati oliy qadriyat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ramziy sana munosabati bilan Filologiya, Harbiy ta’lim, Iqtisodiyot, Tarix fakultetlarida barcha darslar Vatanimiz qo'shig'ini kuylashdan boshlandi.