Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

Fargona davlat universiteti — jahon reytingi “UI GreenMetric”ning TOP 500 taligida

10:42, 16.12.2024      

Indoneziyaning UIGreenmetric xalqaro reyting tashkiloti oʻzining 2024-yil uchun natijalarini eʼlon qildi. Unda Fargʻona davlat universiteti Top 500 talikdan joy olib, 6760 bal bilan dunyo reytingida 483-oʻrinni egalladi!

Quvonarlisi, bunda FarDU taʼlim yoʻnalishlarida 1575 ball, shuningdek, chiqindilarni yoʻnaltirish boʻyicha 1500 ball bilan Oʻzbekiston boʻyicha 1- va 2-oʻrinni egalladi.

Fargʻona davlat universitetining bunday yuqori natijalarni qisqa muddatda qoʻlga kiritishida universitet rahbariyati va professor-oʻqituvchilarining hissasi katta. Shuningdek, FarDUning UI Greenmetric reyting tashkiloti bilan muntazam olib borgan muloqoti ham juda katta samara berdi.

Maʼlumot uchun, “UI Green Metric World University Ranking” reytingi universitetlarni quyidagi 6 ta asosiy mezon boʻyicha baholaydi:

Infratuzilma

Universitetning ekologik barqarorlikka qaratilgan umumiy infratuzilmasi, yashil hududlar miqdori va sifatiga asoslanadi.

Energiya va iqlim oʻzgarishi

Energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, karbonat chiqindilarni kamaytirish, hamda iqlim oʻzgarishiga moslashuv choralariga qaratilgan.

Chiqindilarni qayta ishlash

Universitetning chiqindilarni qayta ishlash va ularni kamaytirishga oid tashabbuslari, chiqindilarni ajratish tizimi va barqaror chiqindi boshqaruv strategiyalari.

Suv resurslari

Suv tejash, qayta foydalanish, suvni ifloslanishdan himoya qilish va boshqa suv resurslarini samarali boshqarish yoʻnalishlaridagi faoliyati.

Transport

Universitet hududida yashil transport tizimining joriy etilishi, transportdan foydalanishda ekologik zararlarni kamaytirish va barqaror transport siyosati.

Taʼlim va tadqiqotlar

Barqaror rivojlanish va ekologik muammolarni yorituvchi taʼlim dasturlari va tadqiqotlar darajasi. Bu, shuningdek, universitetning ushbu yoʻnalishdagi xodimlari va talabalarining faoliyatini ham oʻz ichiga oladi.

Ushbu mezonlar universitetlarning global ekologik va barqarorlik darajasini baholash uchun muhimdir. Har bir mezon boʻyicha yigʻilgan ballar universitetning umumiy reytingini belgilaydi.