Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.60.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi Ilmiy Kengashda Iqtisodiyot fakulteti “Jahon va mintaqa iqtisodiyoti” kafedrasi 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi tayanch doktorant Rayimdjanova Gulnoza Xolmatovna tomonidan 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Farg‘ona viloyatidagi agrosanoat klasterlari faoliyatining boshqaruv mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy Kengash tomonidan dissertatsiya tadqiqoti 100% natija bilan qo‘llab-quvvatlandi va tadqiqotchi ko‘rsatib o‘tilgan ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olishga tavsiya etildi.