Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​Yoshlarga e’tibor

20:15, 19.12.2024      

Farg‘ona davlat universitetirektori Bahodirjon Shermuhammadov yotoqxonada turuvchi talabalar bilan uchrashib, ularning holidan xabar olmoqda. Oliygoh rahbari muntazam ravishda talabalar yotoqxonalarda bo‘lib, ular uchun yaratilgan sharoitlar, ularning sevimli mashg'ulotlari, bo'sh vaqtlari qanday o'tayotgani, yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishmoqda va yoshlar bilan samimiy muloqot o'tkazmoqda. Suhbatlarda yoshlarning taklif va muammolari ham o'rganilmoqda. Talabalarning o‘quv jarayonlari va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat hamda imtiyozlar borasidagi fikr-mulohazalarini tinglanib, turar joy tartib-qoidalari, shaxsiy-gigiyena, xonalarning toza-ozodaligi, elektr, gaz va suvdan oqilona foydalanish, yo'l-harakati qoidalariga amal qilish kabi muhim masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar ham berib borilmoqda. Shuningdek, ichki-tartib intizomga amal qilishlari, texnika-xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari to'g'risida tushuntirishlar berildi. Talabalar turar joyiga tashrif buyurgan FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov yoshlarning yangi yil oldidan bayramona kayfiyatlariga, o'yin-kulgulariga sherik bo'ldi.