Farg‘ona davlat universiteti futbol jamoasi 2024-yilgi mavsumni Birinchi ligada munosib o‘tkazib, pley-off o‘yinlari yakuniga ko‘ra faxrli 3-o‘rinni egallagandi. Ayni vaqtda “FarDU” Pro-liga uchun belgilangan talablarni bajarish ustida ishlamoqda. Farg‘ona davlat universitetiga qarashli stadionda hozirga qadar qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, endilikda universitet ikki asosiy masala — maydon chimi hamda uni yoritish ishlari olib borilmoqda. Biroq bu ishni amalga oshirish vaqt talab etishidan kelib chiqib, FarDU 2025-yilgi mavsum uy uchrashuvlarini Istiqlol stadionida qabul qilish bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzoladi. Universitet jamoasi Superliga va Pro-liga jamoalari o’rtasida birinchilardan bo‘lib stadion masalasidagi kelishuvni O’zPFLga taqdim etdi. Shuningdek, klub bundan bir necha kun avval yangi mavsum uchun foydalanadigan liboslarini ham e’lon qilganini e’tirof etish joiz.