Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​“Eng faol yil talabasi – 2024”

09:44, 25.12.2024      


Fargʻona davlat univesiteti talabasi “Eng faol yil talabasi – 2024” respublika ko‘rik-tanlovining 3-oʻrin sohibiga aylandi. Ayni kunlarda, talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Eng faol yil talabasi – 2024” respublika ko‘rik-tanlovi yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur bosqichda har bir nominatsiya bo‘yicha saralash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan 5 nafardan nomzod o‘z taqdimotlari billan ishtirok etmoqda. Tanlov natijalariga ko'ra, “Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo'yicha Fargʻona davlat universiteti Agrar qoʻshma fakulteti 4-bosqich talabasi Maʼrufjonov Javohir Gʻayratjon oʻgʻli faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Javohir Maʼrufjonovni ushbu muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!