Ma'lumki, “SCIENCE AND INNOVATION” xalqaro ilmiy jurnali olimlarimizning ilmiy-tadqiqot natijalari haqida ma’lumotlar berib bormoqda. Mazkur jurnal jamoasi hamda Uzreport telekanali tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “SCIENCE AND INNOVATION AWARDS” ilm-fan bayramida “Yil olimi”, “Yilning eng yaxshi yosh olimi”, "Yilning eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi", "Yilning eng yaxshi ilmiy-tadqiqot instituti", "Yilning eng yaxshi innovatsion universiteti" nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlashlar amalga oshirildi. Quvonarlisi shundaki, ushbu jurnal chop etgan "O'zbekistonning taniqli olimlari" ensiklopediyasida Farg'ona davlat universiteti, Adabiyotshunoslik kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Abdug'afur Qosimov ham o'rin oldi.