Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Amaliy ingliz tili kafedrasi katta o’qituvchisi Abdullayeva Nigora Shavkatovnaning pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi о‘tkazildi. Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Bir martalik Ilmiy Kengashda talabgor Abdullayeva Nigora Shavkatovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Tezaurus texnologiyasi asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi (tabiiy fanlar yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitish misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi. Тalabgor Nigora Abdullayevaning pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.